So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Inter» Martines uchun «Barselona»ga o'z talabini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 304
«Inter» klubi Lautaro Martinesning transferi uchun «Barselona»ga o'z talabini ma'lum qildi.
"Sport Mediaset" tarqatgan xabarga ko'ra, "neradzurri" kataloniyaliklardan 90 mln evro hamda ikki nafar o'yinchini talab qilmoqda. Milanliklar yarim himoyachi Arturo Vidalning to'laqonli transferini hamda Antuan Grizmann bir yillik ijaraga berilishini istashmoqda.
Martines bilan tuzilgan shartnomadagi bandga ko'ra, iyun oyining dastlabki ikki haftasi davomida argentinalik hujumchini 111 mln. evroga sotib olish mumkin.
Vidalning transfer narxi 20 mln evroga baholangan. «Barselona» Grizmanni ijaraga berish orqali unga to'lanadigan bir yillik maoshdan qutulishi mumkin, ammo uning ijarasi uchun hech qanday mablag' qo'lga kiritmaydi.