APLda Rakitichga yangi da'vogar paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 352

«Barselona» yarim himoyachisi Ivan Rakitich uchun kurashga «Tottenxem» klubi ham qo'shildi, deya xabar tarqatdi Sport.es. Kristian Eriksen «Inter»ga o'tib ketganidan keyin londonliklarga markazni kuchaytira oladigan futbolchi kerak.
Xorvatiyalik futbolchining xizmatiga shaxsan Joze Mourino ehtiyoj sezmoqda. 32 yoshli futbolchining transfer narxi 25 million evroga baholangan.
Rakitichning «Barselona» bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi. Ivan Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 20ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta golga uzatma berdi.

Bosh sahifaga
217