So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Nahotki?! «Inter» Messini qo'lga kiritish borasida ish boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 313
"Inter" klubi sobiq prezidenti Massimo Moratti bayonot berib, "neradzurri" yaqin kelajakda "Barselona" sardori Lionel Messini qo'lga kiritishini aytib o'tdi.
"Bu amalga oshirib bo'lmas orzu emas. O'ylashimcha, rahbariyat uni qo'lga kiritish uchun allaqachon ishni boshlab yuborgan. Avval ham ular bunga urinib ko'rishgan edi. "Inter"da imkoniyat bor, ammo hozirgi vaziyatda buni qanday qilib amalga oshirish mumkinligini bilmayman. Mavsum so'ngida g'aroyib ishlarga guvoh bo'lishimiz mumkin", - deya Morattining so'zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Janluki Di Martsioning sayti.
32 yoshli Messining "Barselona" bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan. Messi faoliyati davomida faqat "ko'k-anorranglilar" safida o'ynagan.