«Roma» o'z tarkibini erkin agentlar orqali kuchaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 361

Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tanaffus barcha klublar kabi «Roma»ga ham iqtisodiy zarba berdi. Shu bois, Paulu Fonseki yozda o'z tarkibini asosan erkin agentlar evaziga kuchaytirmoqchi.
Jumladan, rimliklar «Tottenxem» himoyachisi Yan Vertongen, «Borussiya» yarim himoyachisi Mario Gyottse, «Milan» a'zosi Jakomo Bonaventura, «Chelsi» hujumchisi Pedroga ko'z tikishgan. Ushbu futbolchilarning shartnomalari yozda yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
230