«Vest Xem» «Barselona» hujumchisini sotib olishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281

«Vest Xem» klubi «Barselona» hujumchisi Martin Breytueytga qiziqish bildirmoqda.
"Daily Mail" tarqatgan xabarga ko'ra, londonliklar daniyalik futbolchi uchun 15 million funt to'lashga tayyor. Shuningdek, 28 yoshli futbolchiga «Everton» tomonidan ham qiziqishlar mavjud.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» Breytueytni «Leganes»dan 18 million evroga sotib olgan edi. Kataloniyaliklar endi uni ushbu narxdan kamiga sotishmaydi.

Bosh sahifaga
230