So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Liverpul" Sterlingni qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 288
"Liverpul" yozgi transfer oynasida "Manchester Siti" sharafini himoya qiladigan hujumchi Rahim Sterlingni ortga qaytarishi mumkin, deb xabar beradi L’Equipe.
Nashrning ta'kidlashicha, "mersisaydliklar" moliyaviy feyr-pleyni buzilganligi sababli "Manchester Siti" ikki yil evrokuboklardan chetlatilganligidan foydalanishi mumkin. Shuningdek, Sterlingga Madridning "Real" klubi ham da'vogar.
Avvalroq, "shaharliklar" Sterling bilan 2023 yil yozida tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida hali kelishib olmagani haqida xabar berilgan edi.
25 yoshli Sterling "Liverpul" tarbiyalanuvchisi. Ushbu mavsumda u "Manchester Siti" tarkibida barcha turnirlarda 39 ta o'yin o'tkazdi, 20 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.