Koutino «Tottenxem»ga o'tishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 426

Mavsumni ijara asosida "Bavariya"da o'tkazayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino yozgi transfer paytida "Tottenxem"ga o'tishga tayyor.
"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, 27 yoshli futbolchi braziliyalik futbolchi o'tgan yilning yozida "shporlar" safiga o'tishi mumkin edi. Ammo tomonlar moliyaviy tomonlama kelisha olishmagani uchun kelishuv amalga oshmagan edi.
Manbaga ko'ra, "Tottenxem" Koutinoni o'z futbolchisi Ndombelega almashishi mumkin.

Bosh sahifaga
240