UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Barselona» Grizmanni sotishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301
«Barselona» rahbariyati yozgi transfer paytida Antuan Grizmanni sotishga qaror qildi. Boisi, frantsiyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" ishonchini oqlamadi.
Shu bois, kataloniyaliklar uni 100 million evro sotishga tayyor, deya xabar tarqatdi Sport.es. Shuningdek, Grizmann ijaraga berilishi yoki Antuan boshqa futbolchining transferi doirasida narigi klubga berilishi mumkin. Grizmann «PSJ»ga yo'l olish ehtimoli yo'q emas.
«Barselona» 120 million evro evaziga Grizmanni xarid qilgan edi. U kataloniyaliklar safida ushbu mavsumda 37ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi. Futbolchi "Barsa" bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan.