«Inter» Koutinoni ikki yilga ijaraga olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 411

Mavsumni "Bavariya"da ijara asosida o'tkazayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
"Tuttosport" tarqatgan xabarga ko'ra, milanliklar 27 yoshli futbolchini 2 yilga ijaraga olishni rejalashtirishmoqda. Koutino "Barsa" o'tishi kutilayotgan Lautaro Martines transferining bir qismi sifatida "neradzurri" safiga o'tishi mumkin.
Koutino ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 32ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi.

Bosh sahifaga
236