So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Keyn «Tottenxem»ni tark etadi. Bunga 4ta sabab bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 450
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn kelasi mavsumda "shporlar" safida qolmaydi. Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatdi.
Ispan nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Evropa chempionlar ligasining o'tgan mavsumdagi finalidan keyin londonliklarning aksariyat o'yinchilari "Tottenxem" safida sovrin yutish qiyin ekanini tushunib etishgan. Ular orasida Xarri Keyn ham bor.
Bundan tashqari, angliyalik futbolchi hozir 26 yoshda bo'lib, kuchliroq klubda o'z imkoniyatlarini to'la namoyish qilishi mumkin.
Uchinchidan esa, Keyn faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta top-jamoalardan takliflarga ega.
Nihoyat, "Tottenxem" EChLning ushbu mavsumida nimchorak finaldan chiqib ketdi va jamoa APLdagi o'rin orqali Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmasligi mumkin.