Jiru "Lion"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237
"Soccer Link" manbasi ma'lumotiga ko'ra, "Chelsi" hujumchisi Olive Jiru "Lion"ga o'tishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda, Jiru frantsuz klubi safida Mussa Dembelening o'rnini egallashi kutilyapti. Dembelega ayni damda "Manchester Yunayted" qiziqmoqda. Ya'ni agar Dembele "qizil iblislar" safiga o'tsa, "Lion" Jiruni sotib olishga urinib ko'radi.
Eslatib o'tamiz, "aristokratlar" hujumchisiga «Latsio» va MLS jamoalari ham da'vogar.