"Tottenxem" xorvatiyalik futbolchini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 462

"Tottenxem" klubi "Reynjers" himoyachisi Borne Barishichni sotib olmoqchi, deb xabar beradi "The Scotsman" nashri.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi yozda xorvatiyalik futbolchini xarid qilmoqchi. "Shporlar" 27 yoshli futbolchi uchun 25 mln evro sarflashga tayyor. Bosh murabbiy Joze Mourino chap qanot himoyachisini Barishich yordamida kuchaytirmoqchi.
Joriy mavsumda Barishich "Reynjers" safida 37 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
224