UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Neymar va Mbappe tufayli Ikardi «PSJ»ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407
Hujumchi Mauro Ikardining «PSJ»dagi taqdiri noma'lum bo'lib turibdi. Bu haqda Sport Mediaset xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin. Boisi, Ikardi hujumdagi sheriklari Neymar va Kilian Mbappe bilan yaxshi munosabat o'rnata olmadi. Shuning uchun parijliklar «Inter»dan hujumchining transfer huquqini sotib olish variantidan voz kechmoqchi.
Ikardining transfer narxi 75 million evroga teng. U mazkur mavsumda «PSJ» tarkibida 31ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi. Mauroning «Inter» bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.