«Atletiko» yana bir bor urinib ko'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 483

Madridning “Atletiko” klubi “Real Madrid” yarim himoyachisi Xames Rodrigesni yozgi transfer vaqtida xarid qilmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining o'zi ham jamoasini o'zgartirishga tayyor. O'tgan yozda ham “matraschilar” kolumbiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Xames xizmatiga “Yuventus” va “Everton” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Bosh sahifaga
208