Sport Witness nashrining xabariga ko'ra, “Everton” “Napoli”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Fabian Ruisga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, neapolliklar Ruisni 100 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas. Futbolchi uchun kurashda “Real Madrid” etakchilik qilmoqda.
Ma'lumot uchun, avvalroq havbek “Napoli” bilan yangi shartnoma imzolashni xohlamagan edi. Ruis o'zini boshqa chempionatda sinab ko'rishga qarshi emas.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Braziliya barcha final bosqichlarida ishtirok etgan yagona terma jamoa hisoblanadi. Shuningdek, ushbu terma jamoa bosh sovrinni eng ko‘p – 5 marotaba qo‘lga kiritgan.