Xolandning otasi futbolchining «Real»ga o'tishi mumkinligiga ishora qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 345

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xoland o'g'lining kelajagi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"U "Borussiya"da o'z o'yinini namoyish qilayotganidan juda ham xursandman. U o'sishdan to'xtab qolmasligi muhim ahamiyatga ega. Erlingning taqdirini yuzdan ortiq klub bilan bog'lashmoqda. Mening fikrimcha, unga Ispaniya chempionati mos keladi. U erda ajoyib jamoalar yig'ilgan.
Ammo qachondir u La ligaga o'tadimi yoki yo'qmi — noma'lum. Ko'ramiz. O'g'limga Martin Edegor bilan birga o'ynash yoqadi. Ular bir-birlarini yaxshi tushunishadi", - dedi Alf-Inge Xoland "AS" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, huquqiy jihatdan "Real"ga tegishli bo'lgan Edegor ayni paytda "Real Sosedad"da o'ynamoqda. Boz ustiga, Xolandning o'ziga ham "Real" tomonidan qiziqish mavjud.

Bosh sahifaga
283