Keyn yozda «Tottenxem»ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 490

«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn Evro-2020 musobaqasi yakuniga etganidan so'ng londonliklar safini tark etishi mumkin.
Xarri «shporlar»ning sovrinlar uchun kurasha olishiga shubha bilan qaramoqda. Agar klub Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, bu holat Keynning qaroriga o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin.
The Telegraph tarqatgan xabarga ko'ra, «Tottenxem» o'z tarbiyalanuvchisini 150 million funt (172,3 million evro)dan kamiga sotmaydi.
Keyn ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 17ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi. Hozirda futbolchi jarohatini davolash bilan band.

Bosh sahifaga
294