So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Arsenal» yozda Obameyangni sotishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 576
"Arsenal" klubi yozda hujumchi Per-Emerik Obameyangni sotishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, gabonlik futbolchining shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi. Obameyang esa "kanonirlar" bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti. 30 yoshli futbolchi 20 million evro yillik maosh talab qilayotgan bo'lsa, "Arsenal" bunday miqdordagi maoshni to'lamoqchi emas. Shu bois, londonliklar bir yildan keyin erkin agentga aylanadigan hujumchini yozgi transfer paytida sotib yuborishmoqchi.
Avvalroq Obameyangga "Barselona" va "Inter" klublari qiziqish bildirishgan edi. Gabonlik futbolchi ushbu mavsumda "Arsenal" safida barcha musobaqalar doirasida 30ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.