Rossiyada qishki transfer oynasi yopildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 606

Rossiyada qishki transfer oynasi yopildi. Rossiya klublari endi yangi futbolchilarni xarid qila olishmaydi. Faqat erkin agent maqomiga ega o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin.
Transferning so'ngi kunidagi eng jarangdor transferni "Sochi" amalga oshirdi. Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo'lga kiritgan Odil Rami sochiliklar safiga qo'shildi.
34 yoshli futbolchining so'nggi klubi "Fenerbaxche" bo'lgan edi. Shuningdek, u "Lill", "Valensiya", "Milan", "Marsel" va "Sevilya" safida o'ynagan.

Bosh sahifaga
197