ESPN nashrining xabar berishicha, “Leganes”ning daniyalik hujumchisi Martin Breytveyt bugun “Barselona” bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, hozircha futbolchining transfer narxi ma'lum emas.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli Martin joriy mavsum barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Ingliz futbolchisi Jyeffri Xerst final o‘yinida xet trik qilgan yagona futbolchi sanaladi. U 1966 yilgi finalda nemislar darvozasini uch bor aniq nishonga olgan.