«Yuve» argentinalik futbolchiga qiziqib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8542
Turinning “Yuventus” klutsbi “Jenoa” himoyachisi Kristian Romeroga qiziqib qoldi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, turinliklar futbolchi uchun 15 million evro taklif qilyapti. Romero 2018 yil yozda “Jenoa”ga “Belgrano”dan 1,65 million evroga ko'chib o'tgandi.
Eslatib o'tamiz, futbotlchi joriy mavsum 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan.