Godin Italiya klubi bilan barchasini kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15107
"Atletiko" himoyachisi Diego Godinning "Inter" bilan tuzilajak shartnomasi shartlari aniq bo'ldi.
Urugvaylik 32 yoshli futbolchi mavsum tugagach, erkin agent sifatida italiyaliklar safiga qo'shiladi.
Futbolchi milanliklar bilan "2+1" ko'rinishida shartnoma imzolaydi va yiliga 4,5 mln evro maosh oladi. Godin bonuslarni qo'shib hisoblaganda bir yilda 6 mln evro ishlab topadi.
Uning agentlari bu transferdan kamida 5 mln evro ulush oladilar.