So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Qishki transfer paytida eng ko'p pul sarflagan jamoa aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 691
"Gerta" Evropa jamoalari orasida qishki transfer paytida eng ko'p pul sarflagan klub bo'ldi. Berlinliklar tarkibni kuchaytirish uchun 78 mln evroning "bahridan o'tishdi". Bu haqda Transfermarkt portali xabar tarqatdi.
Germaniyaliklar yanvar oyida hujumchilar — Kshishtof Pyontek ("Milan", 27 mln evro) va Mateus Kunya ("RB Leyptsig", 15 mln), yarim himoyachilar — Lyuka Tusar ("Lion", 25 mln), Santyago Askasibar ("Shtutgart", 11 mln)ni sotib olishdi. Tusar esa mavsum oxiriga qadar "Lion" safida ijara asosida o'ynaydi.
"Gerta"ning bunday faol bo'lishi jamoa boshqaruvida Lars Vindxorstning paydo bo'lishi bilan izohlanmoqda. U klubning 49,9% aktsiyalarini 200 mln evroga sotib oldi. U jamoani jiddiy kuchaytirib, Germaniyaning eng kuchli jamoalaridan biriga aylantirmoqchi.
Shuningdek, qishki transfer paytida eng ko'p pul sarflaganlar kuchli uchligiga "Napoli" (65,5 mln evro) va "Monako" (62 mln) kirishdi.
Yanvar oyida transferlardan eng ko'p daromad olgan klub Lissabonning "Sporting"i bo'ldi – 55 mln evro. "Manchester Yunayted" Brunu Fernandeshni shunday narxga sotib oldi.