Rossiyaning eng qimmat futbolchilari. Top-10
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 628

Transfermarket portalining yangilangan narxlari bo'yicha 2020-yilda Rossiyaning eng qimmat 10 ta futbolchisi bilan tanishtirib o'tamiz.
Matvey Safonov 10 million evro

O'tgan mavsumdan so'ng, bu futbolchining transfer qiymati 10 barobar ko'tarilib ketdi. Hozircha 20 yoshli “Krosnadar” futbolchisiga Evropadan takliflar tushganicha yo'q.
Dmitriy Barinov 12 million evro

Ayni damda “Lokomotiv” futbolchisi yaxshi formada emas, biroq EChLdagi o'yinlar evaziga uning qiymatida o'sish kuzatildi.
Roman Zobnin 12 million evr

So'nggi omadli mavsumdan so'ng, uning transfer qiymati ikki barobar ko'tarildi. Ayni damda “Spartak” futbolchisi 17 ta o'yinda ishtirok etgan bo'lsada, unga bo'lgan qiziqish kamayganicha yo'q.
Magomed-Shapi Suleymanov 12 million evro
“Krasnodar” futbolchisi atigi 20 yoshda bo'lsada, uning transferi qiymati salqmoqli. Umid qilamizki, futbolchi o'sishdan to'xtab qolmaydi.
Anton Miranchuk 16 million evro

Bundan ikki yil ilgari Anton kuchli 20 talikda ham yo'q edi. O'zining 24 yoshida chinakam mashxurlikka erishib bormoqda.
Fyodor Chalov 16 million evro

21 yosh bo'lishiga qaramay, bir nechta top klublar e'tiborini tortgan hujumchi istalgan payt jamoasini o'zgartirishi mumkin, biroq u hozircha “TsSKA»da.
Artyom Dzyuba 16 million evro

Xalq qahramoni va abadiy hazilkash 31 yoshga to'lganiga qaramay, uning transfer qiymatida keskin pasayish kuzatilmadi. Uning boshqa jamoaga o'tishiga ishonish qiyin. Dzyuba ichki birinchilikda to'puararlikni boy bermoqchi emas.
Aleksander Miranchuk 18 million evro
“Yuventus”ning oromoni o'g'irlagan “Loko” yarim himoyachisi Rossiya terma jamoasida ham etkachi futbolchilardan biri. U shuningdek, RPLdan birinchi bo'lib ketishga da'vogarlar qatorida ham etakchi.
Aleksander Golovin 25 million evro

23 yosh bo'lishiga qaramay, katta tajribaga ega Sashaning transfer qiymati 2 yildan beri kamayganicha yo'q.
Mario Fernandes 30 million evro
Mario Rossiya pasportiga ega eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Uning narxi yildan-yilga ortib bormoqda. 29 yoshli futbolchining o'zi esa, maydonda bor kuchi bilan harakat qilishda davom etmoqda. TsSKA o'z etakchisini katta pullar evaziga ham qo'yib yubormaganini inobatga olsak, u katta ehtimol bilan “armiyachilar” safida butsalarini mixga iladigan ko'rinadi.

Bosh sahifaga
259