UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Emre Jan «Borussiya»ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 410
«Yuventus» yarim himoyachisi Emre Jan «Borussiya»ga o'tadigan bo'ldi.
Dortmundliklar 26 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olib, shundan so'ng uning transferini to'liq sotib olish majburiyatini o'z zimmalariga olishadi. Germaniyalik futbolchi bugun «Borussiya» safiga kelib qo'shiladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Avvalroq "Yuve" Jan uchun 28 million evro talab qilgani, «Dortmund» esa 23 million evro taklif qilayotgani haqida ma'lumot tarqatilgan edi. Jurnalist Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko'ra, tomonlar 26 million evroga kelishishgan.
Jan «Borussiya» bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Uning yillik maoshi 4,5 mln evroga teng bo'ladi.