So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«MYu» Brunu Fernandesh bilan 5,5 yillik shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382
«Sporting» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» bilan rasman shartnoma imzoladi. Mankunianliklar 25 yoshli futbolchi bilan besh yarim yillik shartnomani rasmiylashtirishdi. Shartnomaga ko'ra, tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirishlari mumkin.
Avvalroq Fernandeshning yillik maoshi 6 million evroga teng bo'lishi haqida xabar tarqatilgan edi. Shuningdek, «Yunayted» Brunu uchun 55 million evro hamda yana 25 million evro miqdorida turli bonuslar shaklida to'lab berishi mumkin.
"Biz Brununi bir necha oydan beri kuzatib kelayotgan edik. Uning mahorati barchada iliq taassurot qoldirdi. Muhimi, u ajoyib xarakterga ega bo'lgan ajoyib inson. Ikkinchi davrada o'yinimizning kuchayishida yordam beradi, deb o'ylayman. Qishki ta'tilda Brunu jamoa o'yiniga moslashishi va jamoadoshlari bilan tanishishi uchun foydali bo'ladi", - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher klubi rasmiy saytiga bergan intervyusida.