«Bavariya» Alkantarani transferga qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 747

Football nashrining xabariga ko'ra, “Bavariya” ispaniyalik yarim himoyachisi Tyago Alkantarani transferga qo'ydi.
Manbaning yozishicha, futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi. Jamoa rahbariyati uning jismoniy holatidan norozi va uni qishdayoq sotib yuborishga tayyor.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum futbolchi “Bavariya” safida 22ta o'yinda ishtirok etib, 2ta golga assistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
231