So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Milan» «Barselona» qiziqayotgan futbolchi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 912
«Dinamo» klubi yarim himoyachisi Dani Olmo «Milan»ga o'tadigan bo'ldi.
Sportske Novosti xabariga ko'ra, "Milan" Ispaniya terma jamoasining 21 yoshli a'zosi uchun 20 million evro to'laydi. "Dinamo" bundan tashqari 5 million evro bonusga ham ega bo'lishi mumkin. Shuningdek, "Milan" agarda futbolchini sotadigan bo'lsa, "Dinamo" yana qo'shimcha 5 million evroga ega bo'ladi.
Olmoning o'zi "Milan" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. U klubda yiliga 2,5 million evro maosh oladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Barselona" ham Olmoga qiziqayotganligi haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, Dani Olmo "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum "Dinamo" safida 22ta o'yin o'tkazib, 8ta gol urdi va 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.