So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Kulushevski ertaga «Yuventus» safida tibbiy ko'rikdan o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 531
Huquqiy jihatdan «Atalanta»ga tegishli bo'lgan, ushbu mavsumda «Parma» safida o'ynayotgan yarim himoyachi Deyan Kulushevski «Yuventus»ga o'tishga yaqin turibdi.
Italiyalik jurnalisti Janluki Di Martsio sayti tarqatgan xabarga ko'ra, 19 yoshli futbolchi 2 yanvar kuni Turinda tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Ma'lumotlarga qaraganda, «Yuve» shvetsiyalik futbolchi uchun 35 mln evro to'laydi. Turinliklar futbolchiga yillik maoshi 2 million evroga teng bo'lgan 5 yillik shartnoma taklif qilishdi. Kulushevski uchun «Inter» ham kurash olib borayotgan edi.
Ma'lumot o'rnida. Deyan Italiya A seriyasining dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Kulushevski ushbu mavsumda Italiya chempionatining ushbu mavsumida 17ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 4ta gol va 7ta assist yozdi.