So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Borussiya» Xoland uchun qancha pul sarflagani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 809
Dortmundning «Borussiya» klubi «Zaltsburg» hujumchisi Erling Xoland uchun qancha mablag' sarflagani aniq bo'ldi.
Jurnalist Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko'ra, «Zaltsburg» klubi o'z futbolchisining transferi uchun 20 million evro oldi. Shuningdek, dortmundliklar futbolchining otasi va agenti uchun ancha pul sarflashiga to'g'ri keldi. Klub Xolandning otasiga 10 million evro, agenti Mino Rayolaga esa 15 million evro berdi.
Eslatib o'tamiz, «Borussiya» 19 yoshli futbolchi bilan 2024 yilning 30 iyunigacha bo'lgan muddatga shartnoma imzoladi. Futbolchi dastlabki ikki yil davomida 6 million evro yillik maosh olsa, undan keyin uning maoshi 8 million evroga etadi.
Ushbu mavsumda Xoland barcha musobaqalar doirasida 22ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi.