Xoland «Borussiya Dortmund» bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 636

«Zaltsburg» hujumchisi Erling Xoland Dortmundning «Borussiya» klubiga o'tdi. 19 yoshli norvegiyalik futbolchi germaniyaliklar bilan 2024 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Futbolchi 3 yanvar kuni «Borussiya» safiga qo'shiladi va jamoa bilan birga o'quv-mashg'ulot yig'iniga yo'l oladi.
Xoland Evropa chempionlar ligasining ushbu mavsumida 8ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U to'purarlar ro'yxatida Robert Levandovski (10ta gol)dan keyin 2-o'rinda bormoqda.

Bosh sahifaga
204