“Kalyari” futbolchisi APLga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20316

Londonning “Chelsi” klubi “Kalyari” yarim himoyachisi Nikolo Barellaga qiziqib qoldi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, futbolchiga “Napoli”, “Inter” va “Milan” klublari qiziqish bildirayotgan edi. “Kalyari” futbolchini 50 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Barella 18 ta o'yinda 1 ta gol urgan.

Bosh sahifaga
225