«Inter» «Borussiya Dortmund» futbolchisini xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 661

Dortmundning “Borussiya” klubi havbeki Yulian Vaygl faoliyatini “A” Seriyada davom ettirishi mumkin.
Sky Sport Italia nashrining xabariga ko'ra, “Inter” 24 yoshli futbolchini “Barselona” havbeki Arturo Vidalga zaxira variqnti sifatida ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq kataloniyaliklar chililik futbolchini 20 million evroga qo'yib yuborishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan edi, biroq jamoa sardori Lionel Messi futbolchini olib qolishga harkat qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Vayglning “arilar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsum futbolchi 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan.

Bosh sahifaga
257