Rasman! Minamino «Liverpul» futbolchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 722

"Red Bull Zaltsburg" klubi hujumchisi Takumi Minamino "Liverpul" a'zosiga aylandi. Bu haqda mersisaydlar klubi rasmiy sayti xabar berdi.
24 yoshli yaponiyalik futbolchi 1 yanvardan qishki transfer oynasi ochilgach, klub libosida maydonga tushish imkoniyatini qo'lga kiritadi. Kelishuv shartlari ochiqlanmayapti. Takumi yangi klubi safida 18-raqam ostida to'p suradi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Minaminoning "Liverpul»ga o'tishi klubga 8 million evroga tushishi haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, Minamino 2015 yilning yanvar oyida Yaponiyaning "Sereso Osaka" klubidan 800 ming evroga "Red Bull Zaltsburg" safiga o'tgandi.

Bosh sahifaga
287