So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Eldor Shomorudov «Rostov»ni qishdayoq tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 909
«Rostov» klubi moliyaviy muammolarga duch kelmoqda, deya xabar qilmoqda «Sport-Ekspress».
Klub uch oydan buyon futbolchilarga maosh va mukofot pullarini to'liq bera olmayapti. Rostov shahri klubi etarli darajada homiylarga ega, biroq so'nggi vaqtlarda ular jamoaga yordam bermayapti.
Shu sabab klub qishki transfer oynasida bir nechta futbolchisini sotishga majbur bo'lishi aytilmoqda. Ular ichida O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ham bor.
Shuningdek, «Rostov» himoyachi Dmitriy Chistyakov, yarim himoyachilar Matias Normann, Ivelin Popov, Roman Eryominko va Aleksey Ionovlarni ham transferga qo'yishni reja qilgan. Yana rostovliklar ustozi Valeriy Karpin ham ketishi kutilmoqda.
Shomurodov ayni damda 10 ta gol urgan holda Rossiya chempionati to'purari bo'lib turibdi. Avvalroq futbolchiga «Shtutgart» va TsSKA jamoalaridan taklif borligi xabar qilingan edi.