Moyse Kin Italiyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1517

“Everton” hujumchisi Moyse Kin Italiya chempionatiga qaytishi mumkin.
Calciomercato nashrining xabar berishicha, futbolchi APLda o'zi xohlagandek o'ynay olmayapti, shu sababli futbolchining agenti Mino Rayola mijozi uchun booshqa jamoa izlashni boshlab yuborgan. Uning xizmatiga “Milan” klubi qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Everton” yozda Kinni “Yuventus”dan 27,5 million evroga sotib olgan edi. Joriy mavsum futbolchi 11ta o'yinda ishtirok etib, 1ta gollik uzatma amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
251