PSJga «Yuventus» futbolchisi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 610
Soccer Link xabariga ko'ra, “Yuventus” yarim himoyachisi Emre Jan qishki transferlar vaqtida jamoani tark etadi.
25 yoshli xavbekning xizmatlari bilan esa PSJ qiziqish bildirmoqda. Parijliklar Jan uchun 35 mln evro to'lashga tayyor.
Jan joriy mavsum A Seriyada 4 ta o'yin o'tkazdi va u bu bahslarda 2 ta sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
Ma'lumot uchun, Emre Jan “Yuventus”ning EChL uchun qaydnomasidan o'rin olmaganidan qattiq norozi bo'lgandi.