Xitoy klubi Manjukichga katta maosh taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 727

Xitoy chempionati klublari «Yuventus» hujumchisi Mario Manjukichga qiziqish bildirishmoqda.
La Gazzetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko'ra, «Guanchjou Fuli» klubi qishki transfer paytida 33 yoshli futbolchini qo'lga kiritmoqchi. Bu jamoa xorvatiyalik futbolchiga yillik maoshi 9 mln evroga teng bo'lgan 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Shuningdek, Manjukichga «Manchester Yunayted» tomonidan ham qiziqish mavjud. Avvalroq «Sevilya» klubi yanvarda Marioni sotib olishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.

Bosh sahifaga
220