Jiru «A» Seriyaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1428

Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Olive Jiru faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Futbolchi xizmatiga “Inter” klubi qiziqib qolgan, deya yozmoqda La Gazzetta dello Sport nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, “neradzurrilar” futbolchini qishki transfer oynasida jamoaga olib kelmoqchi. Futbolchining o'zi ham jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Jiru “Chelsi” safida 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan.

Bosh sahifaga
214