So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«PSJ» yozgi transferdan foyda bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 720
"PSJ" klubi moliyaviy halol o'yin qoidasi tufayli bu galgi transfer paytida katta xarajatga qo'l ura olmas edi.
Yozda birdaniga 14 futbolchi Parijni tark etdi. Dani Alves, Jiji Buffon va Adrien Rabio bilan shartnoma uzaytirilmagan bo'lsa, qolgan futbolchilarning savdosidan jamoa 103,5 mln evro daromad oldi (Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra).
"Pari Sen-Jerman" faqat 4 nafar futbolchini sotib oldi. Jamoa Diallo ("Borussiya D"), Guye ("Everton"), Sarabiya ("Sevilya") va Navas ("Real Madrid") uchun taxminan 95 mln evro pul sarfladi.
Bunga Mauro Ikardining ijarasi qo'shilmagan. Mish-mishlarga ko'ra, jamoa argentinalik futbolchining ijarasi uchun 5 mln evro pul to'laydi. Bu summani xarajatlarga qo'shganda ham "PSJ" yozgi transferni foyda bilan yakunlagan bo'ladi. Qatarlik investorlar jamoani sotib olganidan beri bunday holat ilk marta yuz berdi.