So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Neymarning transferi «Barselona»ga 500 mln evroga tushadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 786
"Barselona" klubi "PSJ" hujumchisi Neymarni qo'lga kiritishga yaqin turibdi. Xo'sh, mazkur transfer "ko'k-anorranglilar"ga qancha tushadi? AS nashri jurnalistlari buni hisob-kitob qilib ko'rishdi.
Braziliyalik futbolchi oylik maosh borasida talabini kamaytirsa ham (uning Frantsiyadagi yillik maoshi 37 mln evro), bu "Barsa" uchun katta ahamiyatga ega bo'lmasligi mumkin. Soliqlar bilan qo'shib hisoblaganda, kataloniyaliklar Neymar uchun bir yilda taxminan 60 mln evro sarf qilf qilishadi. Besh yillik shartnoma uchun bu summa 300 mln evroga etadi. Bunga "Pari Sen-Jermen"ga to'lanadigan 170 mln evro transfer summasini qo'shsa, bu son 470 mln evroga etadi.
Ammo bu hali hammasi emas. Futbolchining "Barselona"ga o'tishi uchun agentlarga ma'lum mablag' to'lanishi kerak bo'ladi. Masalan, Neymar "PSJ"ga o'tayotganida bu xarajat 50 mln evroni tashkil qilgan edi. Shu tariqa, mazkur transfer uchun "Barsa" besh yil davomida 500 mln evrodan ko'proq pul sarflashiga to'g'ri keladi.
Tabiiyki, "Barselona"da buncha pul yo'q. Jamoa Antuan Grizmanning transferi uchun 120 mln evro atrofida kredit olishiga to'g'ri keldi. RAC 1 tarqatgan xabarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" yana bir marta qarz olishiga to'g'ri kelishi mumkin. Ammo kataloniyaliklarning ayni kunlardagi qarzi shundoq ham 200 mln evroni tashkil qiladi.
Yana bir jihat. Hozirgi kunda jamoa yillik byudjetining (960 mln evro) 62 foizini (595 mln evro) futbolchilarning maoshiga sarflaydi. UEFA halol o'yin qoidasiga ko'ra, ushbu ko'rsatkich 70%dan oshib ketmasligi kerak. Neymarga to'lanadigan maosh evaziga "Barsa" bu limitdan chiqib ketishi mumkin.