So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Barselona» prezidentining shaxsan o'zi Neymarning transferida ishtirok etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 848
«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeuning shaxsan o'zi «PSJ» hujumchisi Neymarning transferi bo'yicha muzokaralarda ishtirok etmoqda.
«Barsa» direktori Erik Abidal parijliklar sport direktori Leonardo bilan braziliyalik futbolchining transferi borasida gaplashdi. Tomonlar ba'zi masalalarda bir to'xtamga kelishdi, ammo Neymarning narxi kataloniyaliklar uchun hamon yuqori bo'lib qolmoqda.
Bartomeu bundan keyin muzokaralarda o'zi ishtirok etishga qaror qildi. "Ko'k-anorranglilar" rahbariyatining fikricha, transfer masalasini hal qilish uchun ko'p vaqt qolmadi. Shu bois, uni tezroq hal qilishni istashmoqda. «Barselona» «Real»ga nisbatan tezroq harakat qilib qolmoqchi.
"Pari Sen-Jermen" Neymarni dastlab faqat pul evaziga sotishni maqsad qilayotgan edi. Ammo ular transferga Usmon Dembelening qo'shilishiga rozi bo'lishmoqda.
Neymar va uning agentlari vaziyat bilan to'la xabardor bo'lib turishibdi. Kataloniyaliklar futbolchiga transferni amalga oshirish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilishini aytib o'tishdi. Lekin Neymar ham o'zi tomonidan "PSJ" rahbariyatiga bosim o'tkazishi lozim. Futbolchi agentlarining aytishicha, «Real» vakillari ham tez-tez aloqaga chiqib turibdi.
"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres 27 yoshli futbolchining agentlari bilan gaplashib, dastlabki kelishuvni imzolash taklifini bildirdi. Ammo Neymar bu hujjatlarga imzo chekishni istamadi. Shu bilan birga futbolchi faqat «Barsa»da o'ynamoqchi ekanini ta'kidlamadi.
Neymar ushbu haftada «PSJ»ni tark etmoqchi. Boisi, u Parijda boshqa yashashni istamayapti.