TsSKA «Monako» futbolchisiga qiziqib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 829

Moskvaning TsSKA klubi “Monako” yarim himoyachisi Yussef Ait Benasseraga qiziqib qoldi. Bu haqida Rossiya OAV xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, moskvaliklar futbolchini yozgi transfer oynasida olib kelmoqchi. Futbolchining transfer narxi taxminan 6 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Ait Benasser “Nansi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Monako” safiga 2016 yil 3 million evroga ko'chib o'tgan.

Bosh sahifaga
270