Koutinoning agenti Barselonaga etib keldi. U «PSJ»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 799

«Barselona» yarim himoyachisi Filippe Koutinoning agenti Juliano Bertolussi futbolchining transferini muhokama qilish uchun Kataloniyaga etib keldi. Bu haqda Goal.com xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, bungacha agent Frantsiyada bo'lib, «PSJ» vakillari bilan muzokara olib bordi.
Mazkur muzokaralarda maqsad — Neymarning "Barselona"ga qaytishi doirasida Koutinoning "PSJ"ga o'tish masalasini hal qilish. "Ko'k-anorranglilar" braziliyalik hujumchini qo'lga kiritish uchun Filippe va ma'lum miqdorda pul taklif qilmoqda.

Bosh sahifaga
242