Pogba sotilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14188

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi rahbariyati yarim himoyachi Pol Pogba bilan xayrlashish niyatida emas, deya xabar qilmoqda The Telegraph nashri.
Manbaning xabar berishicha, mankunianlar ijrochi direktori Ed Vudvordning fikricha, Pogba jamoaning etakchisiga aylana oladi, shu sabab u futbolchi transferi bilan bog'liq barcha takliflarni rad etgan.
Avvalroq Pogba va “MYu” sobiq murabbiyi Joze Muurinyu o'rtasidagi kelishmoqchilik sabab, jamoa frantsiyalik o'yinchini sotib yuborishga tayyorligi xabar qilingandi. Biroq portugaliyalik mutaxassis iste'foga chiqarilgach Pogbaning o'yini ijobiy tomonga o'zgargan.

Bosh sahifaga
298