Dibala «Yuventus» va «MYu» o'rtasidagi kelishuvni barbod qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 694

"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala "Manchester Yunayted"ga o'tish haqida qaror qabul qilishga ikkilanib turibdi. Bu haqda Football Italia xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi o'zining o'yin uslubini Angliya premer-ligasiga to'g'ri kelishiga ishonchi komil emas. Bundan tashqari, "qizil iblislar" Evropa chempionlar ligasida ishtirok etmasligi Dibalaga yoqmayapti.
Shu tariqa, 25 yoshli futbolchi "MYu"ga o'tishdan bosh tortsa, klublar o'rtasidagi futbolchi almashish haqidagi kelishuv barbod bo'lishi mumkin. Tomonlar Dibala va Romelu Lukakuni o'zaro almashish borasida muzokara olib borishayotgan edi.

Bosh sahifaga
240