"Lokomotiv" futbolchisi "Al-Ittihod"ga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

Moskvaning "Lokomotiv" klubi va Albaniya terma jamoasining chap qanot himoyachisi Mario Mitay faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
Saudiya OAVlarining xabar berishicha, "Al-Ittihod" 21 yoshli futbolchining transferi borasida kelishib oldi. Insayder Ivan Karpovning so'zlariga ko'ra, u 5 million evroga sotib olish optsiyasi bilan 1,2 million evroga ijara bo'ladi.
Mitay 2022 yilning yozida Gretsiyaning AEK jamoasidan "Lokomotiv"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda u "temiryo'lchilar"ning 4ta uchrashuvida qatnashdi.

Bosh sahifaga
168