Osimxen Turkiyaga yo'l olishga rozi bo'ldi, faqat bir shart bilan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen Turkiyaning "Galatasaroy" klubiga ijaraga berilmoqda.
Manbaga ko'ra, Osimxen "Napoli"da tovon puli miqdori 130 emas, 75 million evro bo'lishini so'ramoqda. Nigeriyalik futbolchi shuningdek, agar top-klubdan taklif tushsa, qishda ijara shartnomasini bekor qilish imkoniyatiga ega bo'lishni istamoqda.
Ushbu bosqichda bitim tafsilotlari muhokama qilinmoqda. Osimxen Evropaning top-5 ligasidan bir jamoaga o'ta olmadi. Turkiyada transfer muddati 12 sentyabrgacha ochiq.

Bosh sahifaga
171