"PSJ" futbolchisi deyarli "MYu" a'zosiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

Yarim himoyachi Manuel Ugarte deyarli "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylandi. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 23 yoshli urugvaylik futbolchi APL klubi uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan.
Endi, Ugartening "PSJ"dan "Manchester Yunayted"ga o'tishi haqidagi rasman e'lon qilinishini kutishgina qoldi xolos. Urugvaylik futbolchi Frantsiya chempionatining top-klubida atigi bir yil o'ynadi.
Eslatib o'tamiz, Transfermarkt portali Manuel Ugarteni 45 million evroga baholagan. "Manchester Yunayted" APL doirasidagi navbatdagi o'yinini 1 sentyabr, yakshanba kuni "Liverpul"ga qarshi o'tkazadi.

Bosh sahifaga
156