"Liverpul" Kezaning transferini deyarli hal qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

Vinger Federiko Keza "Liverpul" libosini kiyishga yaqin turibdi. Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, "mersisaydliklar" klubi 26 yoshli futbolchi bilan kelishuvga yaqin turibdi.
Kezaning Premer-liganing top-klubi bilan shartnomasi to'rt mavsumga mo'ljallangan. "Liverpul" va "Yuventus" shartnoma qiymati bo'yicha yakuniy kelishuvga erishish uchun bevosita aloqada.
Avvalroq, "Yuventus" bosh murabbiyi Tyago Motta o'z rejalariga Federiko Keza kiritilmaganini aytgandi. 2024/2025 yilgi mavsumda italiyalik vinger hali birorta ham o'yinda ishtirok etmadi.

Bosh sahifaga
154